Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura oylik miqdori 6 million so‘mgacha bo‘lgan vakansiyalar e’lon qildi

Bosh prokuratura oylik miqdori 6 million so‘mgacha bo‘lgan vakansiyalar e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

Oldin xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-sonli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilgan edi.

Bosh prokuratura axborot xizmatining xabariga ko‘ra, hozir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori asosida Inspeksiya faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Inspeksiya va uning hududiy tuzilmalaridagi bo‘sh lavozimlarga oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan nomzodlar (yurist, agronom, iqtisodchi, moliyachi, muhandis va boshqalar) tanlovi boshlangani e’lon qilinadi.

Inspeksiya xodimlarining oylik ish haqi miqdori 6 mln. so‘mgacha etib belgilangan.

Inspeksiyaga ishga qabul qilishda prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish bo‘yicha qo‘yiladigan umumiy talablar amal qiladi.

Inspeksiyaga xizmatga qabul qilish masalasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar prokuraturalari hamda Inspeksiyaning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat qilish muddati – 2018-yil 1-iyulga qadar.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0598) 561-77-45, (0598) 561-77-95.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas