Bosh prokuratura va Adliya vazirligi multimedia markazi MTRK tarkibiga o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi va Adliya vazirligi qoshidagi Axborot-tahlil multimedia markazi MTRK tarkibiga qo‘shilmoqda. Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mazkur ma’lumotni tasdiqladi.
Har ikkala markaz bir muddat oldin O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bo‘ysunuviga o‘tkazilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazi o‘tgan yili yanvarda, Adliya vazirligi huzurida axborot-tahlil multimedia markazi esa 2019-yilning 1-fevral kuni rasman ish boshlagan edi.
Joriy yilning 20-fevral kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz» so‘roviga ko‘ra, Axborot-tahlil multimedia markazi yopilgani haqidagi xabarlar asossiz ekanini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter