Bosh prokuratura va vazirlik Toshkentdagi holatni muhokama qildi
Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida mutaxassislar ishtirokida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi xabarlar va ularga sabab bo‘layotgan holatlarning muhokamasi o‘tkazildi.
Muhokamada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi ma’lumotlar va ularning sabablariga to‘xtalinib, shaharida sun’iy ko‘llar, suv havzalari, yashil qoplamalarning kamayib ketganligi, mintaqada suv tanqisligi sabab cho‘llashishning kengayib borayotganligi, avtotransport vositalari, yoqilg‘i energetikasi hamda suvdan tejamkorlik bilan foydalanishda muayyan qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yilmayotganligi, atmosferaga me’yoridan ortiq tashlamalar tashlanayotganligiga urg‘u berildi.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha Atmosfera havosini «Avtomobilsiz kun», hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish, jamoat transport vositalaridan foydalanishni kengaytirish, standart minimumini «Yevro-4»ga ko‘tarish, sanoatda ko‘mir yoqilg‘isidan voz kechish va shu kabi ko‘plab takliflarni ishlab chiqish va realizatsiya qilishga kelishilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ekologiya vazirligi Toshkent havosini ifloslantirayotgan sabablarni sanagan va o‘z takliflarini bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter