Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuraturada yangi tayinlov

Bosh prokuraturada yangi tayinlov

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 24-maydagi buyrug‘i bilan Eshbekov Aziz Muxtorovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

A.Eshbekov 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Aziz Eshbekov. 
Foto: Bosh prokuratura rasmiy sayti

U mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar bo‘yicha ekspertlar guruhida boshlab, Jizzax va Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida tergovchi, prokuror yordamchisi va bo‘lim katta prokurori, Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha xizmati inspektori, Bosh prokuratura sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori lavozimlarida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring