Bosh prokuraturaning bir necha boshqarma boshliqlari ishdan olingani aytilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining bir necha nafar mas’ullari ishdan olingani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim kanallar o‘z manbasiga tayanib, Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi, O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi va Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshliqlarining ishdan ketgani aniq ekanini ta’kidlamoqda.
Bundan tashqari, Bosh prokuratura Departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston Transport prokurori va Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari ham lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar yo‘q emas.
Shu va shu mazmundagi xabarlar oqimiga qaramay, Bosh prokuratura bu borada izoh yoki munosabat bildirgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter