Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga boshliq tayinlandi. «Xabar.uz» manbasiga ko‘ra, ayni lavozimni Sattarov Furqat Ablfatovich egallagan. Tayinlovga qadar F. Sattarov mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosar vazifasida ishlagani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, boshqarmaning avvalgi boshlig‘i Saydulla Elmurodov sentyabr oyining oxirida hastalikdan vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter