Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qoraqalpog‘iston va Xorazmga bordi

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qoraqalpog‘iston va Xorazmga bordi

Foto: «O‘zA»

O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev prokuratura organlarining joriy 6 oylik faoliyati bilan tanishish maqsadida 8—9-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Safar davomida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay muhit va shart-sharoitlar yaratish, mavjud to‘siq va muammolarni bartaraf etish borasida 195 ta tadbirkorlik sub’yekti bilan har ikkala hududda alohida uchrashuvlar tashkil etilib, sohaga mas’ul idoralar, ijro va nazorat organlari, tijorat banklari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda asosiy e’tibor hududiy va respublika darajasidagi muammolarni hal etishga qaratildi.

Jumladan, muloqotlar davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan kredit ajratish, «nol» qiymatda va imtiyoz asosida bino olish, elektr va gaz ta’minoti, yer maydoni ajratish, litsenziya va ruxsatnoma olish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rildi.

Bo‘sh binolar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati idoralararo komissiyalari hisoboti eshitilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birga, safar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati prokuraturalari faoliyati ham o‘rganildi.

O‘rganish natijalari, faoliyatni tashkil etish, hududda qonuniylikni mustahkamlash borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar prokuraturalarning kengaytirilgan hay’at majlisida tanqidiy muhokama qilindi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, ayollar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida qonuniylikni ta’minlash, 5 ta tashabbusni amalga oshirishga ko‘maklashish, tadbirkorlar huquqlarini muhofaza qilish, «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Yoshlar — kelajagimiz» va «Har bir oila tadbirkor» dasturlari ijrosi ustidan nazorat olib borish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida prokuratura organlari oldida turgan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Prokuratura organlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, sadoqat va mas’uliyat bilan bajarish, korrupsion illatlarning oldini olish, chinakam «xalq prokuraturasi»ni shakllantirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring