Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokurorga berilgan savolga Oliy sud raisi aniqlik kiritdi

Bosh prokurorga berilgan savolga Oliy sud raisi aniqlik kiritdi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bugun O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali «Media hall»ida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbirida «Xabar.uz» muxbiri Bosh prokuror Nigmatulla Yo‘ldoshevga ikkita savol bilan murojaat qildi:

  1. Prokuratura organlarida uch yildan buyon «tozalash» ishlari olib borilmoqda. Bu orada uch bora mahkama rahbari o‘zgardi. Jarayon yakuniga yetdi, deyish mumkinmi?
  2. Hozirgina Oliy sud raisi o‘tgan o‘n bir oyda sudlar tomonidan 837 ta oqlov hukmi chiqarilganini aytdi. Oqlov hukmlariga baraka kirayotgani yaxshi, albatta. Biroq bu hol tergov sifati pastligini ko‘rsatmaydimi?

Bosh prokuror birinchi savolga javob berar ekan, o‘zidan avval ishlagan  rahbarlarning qonunsiz faoliyatiga nafaqat baho berish, balki bu haqda hatto gapirish og‘ir ekanini og‘riq bilan ta’kidladi. Shuningdek, sobiq rahbarlarning qilmishlari tizimda ishlayotgan fidoyi xodimlarning ruhiyatiga qattiq ta’sir qilganidan tashqari, xalqning prokuraturaga nisbatan ishonchiga soya solganini ham ochiq aytdi. Tizimni korrupsiyadan xoli, malakali va halol kadrlar bilan to‘ldirish izchil davom etadigan jarayon bo‘lib, bu borada qator amaliy ishlar olib borilayotganini alohida qayd etdi.

Ikkinchi savolga kelganda tashabbusni qo‘lga olgan Oliy sud raisi Kozimjon Komilov «chiqarilgan oqlov hukmlarining 96 foizi 2017-yilgacha bo‘lgan jinoyat ishlariga oid ekanini» bildirdi.

Tushunarli. «Qora tush»ga o‘xshatilgan yaqin o‘tmishdan biz tassavvur qilgandanam ko‘ra og‘irroq meros qolgan ekan-da?! Ayniqsa, sud-huquq sohasida?! Bundan anglashiladiki, yaqin o‘tmishda «hatto stolbalarni ham qamash mumkin bo‘lgan» mazmunidagi gaplarda hech qanday mubolag‘a yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring