Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh sovriniga «Spark» qo‘yilgan tanlovga hujjatlar qabuli boshlandi

Bosh sovriniga «Spark» qo‘yilgan tanlovga hujjatlar qabuli boshlandi

«Ilhom» mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o‘tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1️-o‘rin – «Spark» avtomobili;
  • 2️-o‘rin – 30 mln. so‘m pul mukofoti;
  • 3️-o‘rin – 15 mln. so‘m pul mukofoti.

G‘oliblar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan taqdirlanadi.

Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:

  • 1-bosqich – har yili 20 martga qadar oliy ta’lim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;
  • 2-bosqich – har yili 10 mayga qadar asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

«Ilhom» mukofoti bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20 mayda «Katta adabiyot bayrami» haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring