Bosh vazir namanganlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 20-avgust kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida bir guruh namanganlik tadbirkorlarni qabul qildi.
«Xabar.uz»ning uchrashuvda ishtirok etkan manbasi ma’lum qilishicha, qo‘shimcha yer maydonlari ajratish, kredit mablag‘larini olish, foydalanilmayotgan binolarni nol qiymatda olish, mahsulotlar eksporti uchun qo‘shimcha o‘tkazish punktlari ochish singari jami 30 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etildi.
Qolgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriq berildi. Tadbirkorlarga tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, Bosh vazir Abdulla Aripov kecha, 20 avgust kuni amaliy tashrif bilan Namangan viloyatiga borgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter