Bosh vazir Qozog‘istonga bordi
Bugun, 2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va raqamli forumda ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov raisligida ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanayotgani, davlatlarimiz rahbarlari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida barcha sohada ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda.
Xususan, o‘tgan 7 yilda tovar ayirboshlash hajmi 2 barobardan ziyod oshdi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Transport hamda energetika sohasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi.
Mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar hamkorlik yanada kengayyapti.
Uchrashuvda kun tartibidagi ushbu va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter