Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazirga parlament so‘rovi yuborildi

Bosh vazirga parlament so‘rovi yuborildi

Foto: «Sputnik»

Cyenat yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripovga parlament so‘rovi yuborish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida senatorlar «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunga va «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi hamda yoshlarning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarligi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripovga parlament so‘rovi yuborish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda, shu jumladan, mamlakatimizning mudofaa salohiyatini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotganini qayd etdilar.

Senat tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi safida xizmat qilishga, ushbu xizmatni tashkil etish va o‘tashga oid hujjatlar ijrosi, shuningdek, yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash ishlari o‘rganildi hamda tahlil qilindi.

Ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha senatorlar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash masalalari, shuningdek umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik tizimini takomillashtirish, chaqiruv yoshi chegarasini qisqartirish, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi lavozimlariga kasbiy jihatdan yaxshi tayyorlangan, malakali, ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslarini, shu jumladan, zaxira va rezerv ofitserlarini tayinlash chora-tadbirlari to‘g‘risida asoslantirilgan izohlar berish iltimosi bilan parlament so‘rovi yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring