Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bo‘shashdi va o‘ldi: nega dorilarning aks ta’siri kech aniqlanadi?

Bo‘shashdi va o‘ldi: nega dorilarning aks ta’siri kech aniqlanadi?

Foto: «Parazit-off.ru»

Buni qarangki, ichni yurishtiradigan vositalar suitsidga sabab bo‘lishi, yo‘talga qarshi preparatlar — o‘lim bilan yakunlanuvchi taxikardiyani chaqirishi mumkin ekan. Shunday ekan, nega bu dorilar sotuvga chiqib ketganidan keyingina ma’lum bo‘lyapti?

Insultgacha olib boradi

Rossiyalik mutaxassislar surunkali ich qotishiga qarshi qo‘llaniluvchi mashhur dorilardan biri ruhiyatga ta’sir qilishidan ogohlantirishdi. AQSh tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha tadqiqot natijalariga ko‘ra, uni qabul qilgan bemorlarda suitsidga moyillik kuzatilgan. Ustiga-ustak, uni oldinroq qabul qilgan bemorlardan ikki nafarida hatto o‘zini o‘ldirish holati aniqlangan.

Bu farmatsevtika bozoridagi birinchi va yagona holat emas. 2019-yil boshlarida ko‘p dorixonalardan nafas yo‘llari kasalliklarida buyuriluvchi dorilar chiqarib olingandi (ma’lum bo‘lishicha, u hayot uchun xavfli taxikardiya xurujini chaqirishi mumkin). 2018 yilda esa og‘riq qoldiruvchilar jigarda jiddiy muammolar (jigar yetishmovchiligi rivojlanishi) keltirib chiqarishi mumkinligi sabab yo‘qotildi. Undan oldinroq farmatsevtik kompaniyalardan biri o‘z ixtiyori bilan bo‘g‘im xastaliklarida tayinlanuvchi dorini infarkt va insult xavfini oshirishi hisobiga sotuvdan qaytarib olgandi.

AQShda tarkibida testosteron mavjud ma’lum bir preparatlarni rasmiy o‘rganish boshlandi. Aniqlanishicha, bu turdagi terapiya miokard infarkti, ishemik insult hamda kutilmagan o‘lim xatarini oshiradi.

Mijozlarda sinab ko‘rilganmi?

«Klinik tadqiqotlar mijozlarning chegaralangan qismida va chegaralangan muddatda o‘tkaziladi, — deb tushuntiradi farmbozorning yetakchi eksperti, analitik Nikolay Bespalov. — Shu bois dorilarning ancha keyingi asoratlari ular bozorga chiqib ketganidan so‘ng aniqlanadi. Preparatlardan foydalangach kelib chiqqan aks ta’sirlar bo‘yicha shifokorlar ma’lumoti «Roszdravnadzor»niki bilan to‘g‘ri kelishi kerak. Agar bunday murojaatchilar soni kritik ko‘rsatkichga yetsa, qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish tayinlanadi. Mabodo bu tasdiqlansa, maxsus choralar ko‘riladi, masalan, o‘sha dori bozordan olib tashlanadi».

Dori qabul qilayotgan mijoz uning xavfidan o‘zini qanday himoyalashi mumkin?

«Aks ta’sirga ega bo‘lmagan dorining o‘zi yo‘q. Hatto eng «beozor» dori qabulida ham uning miqdori va vaqtini shifokordan aniqlashtirib olish zarur, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Aleksandr Karabinenko. — Muolaja kursi davomida ahvolning o‘zgarishiga, ilgari kuzatilmagan yangi simptomlarning paydo bo‘lishiga ahamiyat berish kerak va bundan albatta shifokorni ogohlantirish lozim. Zinhor o‘z bilganingizcha davolanmang! Bu sog‘lik uchun xavfli, shuningdek, kasallikning kechishini o‘zgartirib yuborishi ham mumkin!»

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring