Boshqaruvni yo‘qotgan qiz halok bo‘ldi

Bugun, 4 iyun kuni taxminan soat 00:25 larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Oqqo‘rg‘on ko‘chasida «Lacetti» mashinasini boshqarib ketayotgan 21 yoshli qiz boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi yoritish ustuniga urilgan.
YTH natijasida haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, biroq tibbiyot xodimlarining urinishlariga qaramay, jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan JK 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter