Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bozorlar atrofidagi valyutafurushlar qo‘lga olinmoqda

Bozorlar atrofidagi valyutafurushlar qo‘lga olinmoqda

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘zatov tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida «Mang‘it dehqon bozori» MChJ oldida tezkor tadbir  o‘tkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.A. va boshqalar fuqaro M.X.dan 2 800 AQSh dollarini 35,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 3 200 AQSh dollari, 6 400 Rossiya rubli hamda 369 mln so‘m pullari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan Samarqand shahri, «O‘rta Xo‘ja soat» MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan K.H. fuqaro A.A.ga jami 3 500 AQSh dollarini 44,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Karmana tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.G‘. fuqarolar A.D. va U.Sh.ga jami 3 150 AQSh dollarini 40 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 2 000 AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring