Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya hukumati ham voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi

Britaniya hukumati ham voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqladi

Buyuk Britaniya hukumati 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashga qaror qildi. Yangi tartib 2027-yil bahoridan kuchga kirishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hukumat bu borada Avstraliya tajribasidan foydalanadi. Cheklovlar Instagram, YouTube, TikTok, Snapchat, Facebook va X (Twitter) kabi platformalarni qamrab oladi. Shu bilan birga, WhatsApp va Signal kabi messenjerlar taqiq ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar voyaga yetmagan foydalanuvchilarning akkaunt ochishi yoki ulardan foydalanishining oldini olish uchun yoshni tekshirish mexanizmlarini joriy qilishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek, bolalar uchun onlayn o‘yinlar va boshqa internet xizmatlaridagi ayrim funksiyalarni ham cheklash rejalashtirilgan. Xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar va notanish shaxslarning bolalar bilan bog‘lanish imkoniyatiga nisbatan qo‘shimcha nazorat o‘rnatiladi.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, cheklovlar joriy etilganidan keyin ham bolalar internetdan ta’lim, yangiliklar o‘qish, o‘yinlar va messenjerlar orqali muloqot qilish maqsadida foydalanishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya bunday taqiqni milliy darajada qabul qilgan birinchi davlat hisoblanadi. U yerda mazkur qonun 2025-yil dekabridan amal qila boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring