Britaniya va Germaniya xavf tug‘ilganda o‘zaro yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvni imzoladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Germaniya kansleri Fridrix Mers harbiy hujum sodir bo‘lgan taqdirda o‘zaro yordam ko‘rsatish majburiyatlarini o‘z ichiga olgan kelishuvni imzoladi, deb xabar bermoqda G‘arb OAVlari.
"Shartnoma nafaqat erishilgan yutuqlarni, balki bizning umumiy tariximizni ham ifodalaydi", - deya Starmer so‘zlarini keltiradi Bloomberg.
"Bu umumiy muammolarni hal qilish va umumiy manfaatlarga sarmoya kiritish, oldinga siljish imkoniyatini beruvchi kelishuvdir", - deya qo‘shimcha qildi u.
Starmer ofisining xabar berishicha, Berlin va London kelishuv doirasida 2000 km dan ortiq masofaga uchadigan Deep Presicion Strike raketa tizimini birgalikda ishlab chiqmoqchi.
Hujjatda noqonuniy migratsiya, savdoni rivojlantirish va infratuzilma masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Germaniya Buyuk Britaniyaga noqonuniy migratsiyani osonlashtirishni oldini olish majburiyatini oladi, yil oxirigacha qabul qilinadigan qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritiladi. Bundan tashqari, kelishuv Buyuk Britaniya va Germaniya o‘rtasida maktab guruhlari uchun vizasiz rejimni ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter