Britaniyada razvedka xizmatiga ilk bor ayol rahbar tayinlanishi mumkin

Britaniya tashqi razvedka xizmati rahbarligiga ilk bor ayol nomzodlar ko‘rilmoqda, deb xabar berdi The Sunday Times nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, lavozim uchun asosiy nomzod — Britaniyaning Xitoydagi sobiq elchisi Barbara Vudvord hisoblanadi. U Xitoyga bo‘lgan ehtimoliy xayrixoh munosabati uchun ayrim tanqidlarga uchragan.
Yana ikki nomzod — hozirgi razvedka zobitlari bo‘lib, ularning shaxsiyati oshkor etilmagan.
Ayni paytda tashqi razvedka xizmatini boshqarib kelayotgan Richard Mur joriy yil kuzida lavozimni tark etishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter