Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu yerdagi birorta ham daraxt kesilmaydi» — Rasul Kusherbayev

«Bu yerdagi birorta ham daraxt kesilmaydi» — Rasul Kusherbayev

Prezident qarori va farmoni bilan poytaxtdagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijonga ko‘chirilayotgani, institutga yaqin joyda yashovchi aholi esa 18 mingga yaqin daraxt taqdiridan xavotirda ekani xabar qilingandi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mas’ullari tomonidan Toshkent shahridagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti hududi va plantatsiyasidagi daraxtlar holati o‘rganilgan. Bu haqda Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

«Daraxtlarni saqlab qolish va muhofaza qilish maqsadida ertadan boshlab Institut hududidagi barcha daraxtlar qayta xatlovdan o‘tkazish belgilandi.

Biz ushbu hududdagi mavjud daraxtlar saqlab qolingan holdagina boshqa loyihalarni amalga oshirish mumkin, deb hisoblaymiz. Va aholining daraxtlarni saqlab qolish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Shu bois, kelgusida bu yerdagi birorta ham daraxt kesilishiga yo‘l qo‘ymaymiz», deydi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring