Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu illat hali ham bor: «Shapka» evaziga «SOBALT»

Bu illat hali ham bor: «Shapka» evaziga «SOBALT»

Foto: «autostrada.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.K. fuqaro O.dan «CHEVROLET SOBALT» rusumli avtomashinani avtosalonda ishlovchi tanishlari orqali navbatsiz olib berish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bundan tashqari, tadbir davomida ushlangan fuqaro Z.K.ning yonida 17850 AQSh dollari va 773000 so‘m pul mablag‘lari borligi aniqlanib, ushbu holat yuzasidan izoh so‘ralganda, 17850 AQSh dollarini Jarqo‘rg‘on tumani Dehqon bozori atrofida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi notanish shaxslardan har bir AQSh dollarini 8350 so‘mdan hisoblab, keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring