Bu yil sog‘liqni saqlashga 2016-yilga qaraganda 13 barobar ko‘p mablag‘ ajratiladi
O‘zbekiston 2021-yilda sog‘liqni saqlash uchun 2016-yilga nisbatan 13 barobar ko‘p mablag‘ ajratadi.
Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2016-yilda Davlat budjeti parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasiga 6,0 trln.so‘m ajratilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2021-yilda 20,9 trln. so‘m tashkil etishi rejalashtirilmoqda (2016-yilga nisbatan qariyb 3,5 baravar yoki 2020-yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘proqdir).
Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligiga markazlashtirilgan tartibda 1 007 mlrd. so‘m yoki 2020-yilga (716,6 mlrd. so‘m) nisbatan 1,4 barobarga va 2016-yilga (79,1 mlrd. so‘m) nisbatan qariyb 13 barobarga ko‘p mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter