Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yildan ta’lim yo‘nalishlari soni cheksiz tanladimi? DTM javob berdi

Bu yildan ta’lim yo‘nalishlari soni cheksiz tanladimi? DTM javob berdi

Foto:«Xabar.uz»

AOKAda Davlat test markazi axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda qator savollarga javob berildi. 

Milliy test tizimi to‘liq joriy etildimi? Hamma fanlardan sertifikat berish boshlandimi?

Bugungi kunga qadar ona tili va adabiyot, matematika, kimyo va biologiya fanlaridan joriy etib bo‘lindi. Ushbu fanlardan test sinovi o‘tkazilib, kerakli natijaga erishgan talabgorlarga milliy sertifikat topshirilmoqda.

Bulardan tashqari, garchi fizika fanidan 2022-yilda joriy etish belgilangan bo‘lsa-da, bu yil uning ustuvor fanlar sirasiga kiritilganligi bois, ushbu fandan sertifikatlashni joriy yildayoq yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bu yildan ta’lim yo‘nalishlari sonini cheksiz tanlash mumkinligi to‘g‘rimi?

DTM abituriyentlarning ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda cheklovlarni olib tashlashga oid takliflar ishlab chiqdi va kerakli tashkilotlarga yubordi.

Agar bu taklif qabul qilinib, normativ-huquqiy hujjat asosida tasdiqlansa amalga oshishi mumkin. Hozircha bu borada o‘zgarish yo‘q. Shuning uchun, 5 tagacha tanlov amalda.

O‘tgan yillarda o‘tkazilgan test sinovlarida yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishdagi yangi test topshiriqlari qo‘llanilgan edi. Bu yil ham qo‘llaniladimi?

Ha, albatta. Abituriyentlarning test topshiriqlarini tez anglay olishlari, fikrlashlari va vaqt tejashlari uchun joriy yilda ham tarix, geografiya, shuningdek, ingliz, nemis, fransuz tillari, biologiya va kimyo fanlaridan yozuvsiz xarita, jadval, rasmli ko‘rinishdagi test topshiriqlari bo‘ladi.

Bu yil 5 ta fandan test sinovi belgilandi, lekin nega 3 soat 30 daqiqa berildi. O‘tgan yili 2 ta fandan 3 soat vaqt berilgan edi?

Bu vaqtinchalik tartib o‘tgan yili yurtimizda pandemiya sharoitini hisobga olgan holda joriy etilgan edi. Bu yil sharoit o‘tgan yilga qaraganda ancha barqaror, shuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilanganidek, har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratiladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tayotganda ta’lim yo‘nalishlarini ham o‘zbek, ham rus tilidagilarini tanlasa bo‘ladimi?

Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi. Ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda ta’lim shakli va ta’lim tili bir xil bo‘lishi talab etiladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring