Bu yilgi test sinovlarida 1,6 mln. nafar abituriyent qatnashishi kutilyapti
2021-2022-o‘quv yili uchun test sinovlarida 1,6 mln. nafar abituriyent ishtirok etishi kutilyapti. Hujjatlar onlayn qabul qilinadi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev ma’lum qildi.
«2021-2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1,6 mln. nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda.
2021-yilda abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Hozirda my.dtm.uz sayti takomillashtirilib, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish uchun tayyorlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter