Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bug‘doy o‘rniga qum. Iftorlikdan foydalanib firib ishlatganlar ushlandi

Bug‘doy o‘rniga qum. Iftorlikdan foydalanib firib ishlatganlar ushlandi

Foto: Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida bug‘doy o‘rniga qum sotgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 28 aprel kuni soat 19:30 larda fuqarolar X.Sh., O.X., M.O. hamda X.Sh.lar o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida Telegram messenjeri orqali Qashqadaryo viloyatida yashovchi G‘.S.ning ishonchiga kirishib unga bug‘doy sotish bilan shug‘ullanishini aytgan. Ular bug‘doyning har bir kilogrammini 4 330 so‘mdan sotishga kelishgan.

Shundan so‘ng ushbu shaxslar G‘.S.ning Qashqadaryo viloyatidan yuborgan yuk mashinasi haydovchisi S.M.ni Ulug‘nor tumani o‘ramidan o‘tgan Baliqchi—Ulug‘nor transport qatnov yo‘lida kutib olgan. Haydovchini iftorlik qilib kelishini aytgan holda chalg‘itib olib ketgan. Haydovchi qoldirgan yuk avtomobiliga bug‘doy o‘rniga 8 tonna miqdoridagi qum mahsulotini ortib, S.M.dan 38 million 500 ming so‘m pul mablag‘larini olgan hamda mazkur pullarni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan firibgarlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring