Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun «Afv» badiiy filmi premerasi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun «Afv» badiiy filmi premerasi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 28 yanvar kuni, ayni daqiqalarda Kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Zilola cinema production» studiyasi tomonidan suratga olingan «Afv» badiiy filmi premerasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur kinokartina real voqealarga asoslangan bo‘lib, turli jinoyatlar bilan qamalgan hamda yurtboshimiz tomonidan afv etilgan shaxslarning hayoti va taqdiri haqida hikoya qiladi.

Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, postanovkachi rejissyor Zilola Jo‘rayeva, operator Ilhom Hamidov, badiiy rahbar Said Muxtorov, prodyuserlar Munojot Xoshimova va Zilola Jo‘rayeva.

Rollarda Matyoqub Matchonov, Begzod Muhammadkarimov, Seydulla Moldaxanov, Hamid Toshpo‘latov, Zilola Jo‘rayeva, Tal’at Yo‘ldoshev va boshqalar ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Kinematografiya agentligi tomonidan shuningdek yana rejissyor Rustam Sa’diyevning «Baron 2», Dilmurod Masaidovning «Ayol qismati», Jamila Po‘latovaning «Ayol qalbi» filmlarining katta premeralari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring