Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, janubda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39 daraja, janubda 43 darajagacha bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-38 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter