Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Chinozda dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar ko‘p

Bugun Chinozda dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar ko‘p

Joriy yilning 13-sentyabr kuni soat 00:10 larda Toshkent viloyati Chinoz tumani, Ko‘tarma MFY hududidan o‘tgan M-39 «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 858-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Boshqaruvini yo‘qotgan «Neksiya-3» yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqdan yo‘lni qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan va qarshisidan kelayotgan «Lasetti» bilan to‘qnashgan. Tekshiruv jarayonida ikkala haydovchi ham xavfsizlik kamarini taqmagani aniqlandi.

Natijada, «Neksiya-3» rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli T.S., «Lasetti» rusumli avtomobil haydovchisi 39 yoshli F.N. hamda ushbu avtomobil yo‘lovchilari 40 yoshli E.X. va 25-30 yoshlardagi ayol (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, «Lasetti» rusumli avtomobil yo‘lovchilari 29 yoshli K.B. va 44 yoshli Yu.H.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring