Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun «El-Klasiko»! «Barselona» va «Real»ning taxminiy tarkibi chiqdi

Bugun «El-Klasiko»! «Barselona» va «Real»ning taxminiy tarkibi chiqdi

Foto: Livesport

Bugun futbol muxlislari uchun katta bayram — «El-Klasiko» guvohi bo‘lamiz. Ispaniya kubogi finalidagi «Barselona» – «Real Madrid» to‘qnashuvi har qachongidan qizg‘in o‘tishi kutilyapti.

Uchrashuvgacha bo‘lib o‘tgan voqealar, axborot maydonidagi kurashlar yashil maydonda qanday aks etishi juda qiziq.

Xullas, o‘tkazib yuborish yo‘q: O‘zbekiston vaqti bilan 26-apreldan 27-aprelga o‘tar kechasi soat 01:00 da «Barselona» – «Real Madrid» uchrashuviga start beriladi.

Ayrim manbalar bu oqshom jamoalar qaysi futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushirishini taxmin qilmoqda:

«Real» asosiy tarkibi (taxmin):

Kurtua — Vaskes, Asensio, Ryudiger, Mendi — Valverde, Chuameni, Sebalios, Rodrigo — Bellingem, Vinisius.

«Barselona» asosiy tarkibi (taxmin):

Shesni — Martin, Inigo, Kubarsi, Kunde — De Yong, Pedri, Olmo — Yamal, Rafinya, Torres.

Levandovski va Mbappe yo‘q, fransuz ikkinchi taymda maydonga tushishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring