Bugun final. O‘zbekiston — Rossiya qarama-qarshiligi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Zimniy» stadionida boks bo‘yicha «Gubernator kubogi» musobaqasi o‘tkazilayotgani haqida avval xabar bergan edik.
Bugun final janglari o‘tkaziladi.
Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Kuba, Ukraina, Bolgariya, Armaniston, Moldova, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlar bokschilari qatnashayotgan musobaqada yetti nafar bokschimiz oltin medal uchun bahsga kirishadi.
E’tiborlisi, -56 kg vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz finalda o‘zaro jang olib boradi. Qolgan vazn toifalarida esa bokschilarimizga mezbonlar vakillari raqiblik qiladi:
-49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Bator Sagaluyev (Rossiya)
-56 kg: Shahobiddin Zoirov – Miraziz Mirzahalilov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov – Albert Batirgaziyev (Rossiya)
-75 kg: Isroil Madrimov – Gleb Bakshi (Rossiya)
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Georgiy Kushitashvili (Rossiya)
+91kg: Bahodir Jalolov – Vladislav Muravin (Rossiya)
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnir g‘oliblari 2 ming AQSh dollariga teng mukofotni qo‘lga kiritishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter