Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ham kuchli jazirama davom etadi

Bugun ham kuchli jazirama davom etadi

Foto: Xabar.uz

Bugun havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 38-43°, janubda ba’zi joylarda 44-45° gacha bo‘ladi. 

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 40-42° bo‘ladi. 

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring