Bugun ham yomg‘irli kun bo‘lishi kutilmoqda

25-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida, respublikaning qolgan hududlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +15+20 bo‘ladi.
Toshkent shahrida kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +16+18 bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +7+12 iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter