Bugun harorat pasayib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati biroz pasayadi va 15-20° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-12° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas