Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ilk marta Butunjahon turkiy tillar kuni bayrami nishonlamoqda

Bugun ilk marta Butunjahon turkiy tillar kuni bayrami nishonlamoqda

Xalqaro hamjamiyat shu yilning 15 dekabr kuni Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni bayramini ilk bor nishonlamoqda.

Bu boradagi qaror YuNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda noyabr oyida bo‘lib o‘tgan anjumanida qabul qilingan edi. Bu sana bejiz tanlanmagan: 1983 yil 15 dekabr kuni daniyalik lingvist Vilgelm Tomsen turkiylarning O‘rxun yozuvi o‘qishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu yozuv qadimigi turklar tomonidan  VIII asrda Mo‘g‘ulistonning O‘rxun vodiysida  yaratilgan bo‘lib, 1889 yilda topilgan. Bugungi kunda dunyoda 200 milliondan ortiq kishi turkiy tilda gaplashadi.  

Iordaniya poytaxti Ammanda Jahon turkiy tillar oilasi kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Turkiya elchixonasi tashabbusi bilan Yunus Emro nomidagi Turk madaniyat markazida o‘tkazilgan tadbirda turkiy tilli davlatlar – Turkiya, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston vakillari, keng jamoatchilik va talabalar ishtirok etdi. Qirg‘iziston vakillari Issiqko‘l haqidagi she’r va «Manas» eposidan parcha ijro etishdi. O‘zbekistonliklar o‘qigan she’r va ijro etgan o‘zbekcha raqs hamda o‘zbek taomlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Qozog‘iston elchixonasi o‘rnatgan o‘tovda milliy taomlar tortiq qilindi.

Turkiyaning Iordaniyadagi elchisi Yoqub Djaymazog‘lu turkiy tillar nafaqat muomala vositasi, balki katta hududda istiqomat qiluvchi xalqlarning madaniy qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi va umumiy tarixiy xotira manbasi ekanini ta’kidladi.

Tadbirda Iordaniya podshosining yaqinda O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga hissa qo‘shishi ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring