Koronavirus: Bugun ilk xushxabar Farg‘onadan keldi

Farg‘ona viloyatida 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqdi. Sog‘ayganlar viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Tuzalib chiqqanlarning 7 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.
Ularning 4 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 40 yosh.
Viloyatda shu paytga qadar 76 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 84 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1327 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter