Bugun joylarda -5 darajagacha sovuq bo‘ladi, yaxmalak yuzaga keladi

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushadi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda. Harorat 3-8° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter