Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ko‘p hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun ko‘p hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

31 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +5+10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +8+10 darajagacha isiydi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +2+7 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring