Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ob-havo salqinlashadi — Gidrometeorologiya xizmati

Bugun ob-havo salqinlashadi — Gidrometeorologiya xizmati

Foto:«Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda esa changli bo‘ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 29-34° atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30-32° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda esa changli bo‘ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 20-25° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring