Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi o‘ynaydi

Bugun, 8 iyun kuni soat 20:30 da Namangan shahridagi «Markaziy» stadionida Osiyo chempionatining saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Shri-Lanka termasiga qarshi o‘ynaydi.

Ushbu o‘yin yangi bosh murabbiy Srechko Katanets uchun ilk rasmiy uchrashuv hisoblanadi. O‘zbekiston termasi mazkur guruhda Tailand va Maldiv orollari bilan ham o‘yin o‘tkazadi. Barchasi Namanganda bo‘lib o‘tadi.

Bugungi o‘yin «Sport» telekanali orqali jonli namoyish etiladi yoki O‘FAning YouTube sahifasida ham ko‘rish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring