Bugun O‘zbekistonning ikki hududida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40°, janubda va cho‘l hududlarda 42-44° gacha bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter