Bugun O‘zbekistonning juda katta qismida yuqori havo harorati kuzatiladi

«O‘zgidromet» prognoziga ko‘ra, bugun, 18-iyul kuni O‘zbekistonning juda katta qismida havo harorati maksimumlari kuzatilishi kutilmoqda.
Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 38-43°, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45° gacha bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 40-42° bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter