Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun qur’a tashlanadi: Yevropa ligasining barcha chorak finalchilari aniq

Bugun qur’a tashlanadi: Yevropa ligasining barcha chorak finalchilari aniq

Foto: UEFA

Yevropa ligasi 1/8 finalining barcha javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Turnirning chorak finaliga «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Roma», «Ayaks», «Vilyarreal», «Granada», «Slaviya» va «Dinamo» (Zagreb) yo‘llanma oldi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, ushbu jamoalar «Milan», «Olimpiakos», «Shaxtyor», «Yang Boyz», «Dinamo» (Kiyev), «Molde», «Reynjers» va «Tottenhem»dan ustun kelishdi.

Chorak final qur’a tashlash marosimi bugun, 19-mart kuni Shveysariyaning Non shahrida o‘tkaziladi. 1/4 finalning ilk o‘yinlari 8-aprelda, javob o‘yinlari 15-aprelda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring