Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Rossiyadagi eng katta iftorlik o‘tkaziladi

Bugun Rossiyadagi eng katta iftorlik o‘tkaziladi

Foto: RIA Novosti

Bugun, 19-mart kuni Qozon shahrida Rossiyadagi eng katta Ramazon iftorligi o‘tkaziladi. Bu haqda Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Kamil Samigullin RIA Novostiga ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Rossiyadagi eng katta iftorlik «Qozon Ekspo» maydonida bo‘lib o‘tadi. Unda din, jamoat, madaniyat va davlat arboblari, jami 13 ming kishi qatnashishi kutilmoqda. Tadbirni o‘tkazishga 800 nafar ko‘ngilli jalb etilgan, ularning eng kichigi — 15, eng yoshi ulug‘i — 70 yoshda.

Muftiy aniqlik kiritishicha, iftorda barcha istovchilar qatnashishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring