Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Samarqandning 3 ta tumaniga yangi hokim keldi. Viloyat bosh soliqchisi ham almashdi

Bugun Samarqandning 3 ta tumaniga yangi hokim keldi. Viloyat bosh soliqchisi ham almashdi

Bir muddat avval Shu kunga qadar Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Shunqor Xudoyberdiyevning Payariq tumani hokimi etib tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.

Viloyatning ikki tumani – Toyloq va Urgut tumanlariga ham yangi hokimlar tasdiqlandi.

Jumladan, 2018-yil avgust oyidan buyon Toyloq tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Bobonazarov Bahodir Qodirovich lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Rahmatullayev Behzod Rahmatullayevich Toyloq tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlagan.

2020 yil noyabr oyidan buyon Urgut tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Botir Jabborov ham lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rniga Sayidqulov Dilmurod Bastamovich Urgut tumani hokimi etib tayinlandi. Bunga qadar u Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shu bilan birga, Prezidentning tegishli farmoyishi bilan Babayev Farruh Mansurovich Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Farruh Babayev bunga qadar Soliq qo‘mitasida Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring