Bugun Shavkat Mirziyoyev Namangandagi xalqaro forumda qatnashadi

Bugun, 17-sentyabr kuni Namangan shahrida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha «Kambag‘allikdan farovonlik sari» III xalqaro forumi o‘z ishini boshlaydi. Uning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Forum doirasida davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad al-Jassir, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yang, Jahon banki global direktori Luis Felipe Lopes-Kalva bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter