Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun to‘rtta asteroid Yerga yaqinlashadi

Bugun to‘rtta asteroid Yerga yaqinlashadi

Foto: Live Science

Bugun, 24-oktyabr sanasida potensial xavfli to‘rtta asteroid Yer yaqinidan o‘tadi, deb xabar berdi NASA.

Fazoviy jismlarning kattaligi — 30 metrdan 177 metrgacha.

«Fazoviy mehmonlar» yurishini astreoidlarning eng kichigi — diametri 30 metrli 2015 HM1 boshlab beradi. U sayyoramizga 5,5 mln kilometrgacha yaqinlashadi, bu Yer va Oy o‘rtasidagi masofaning 14 baravariga teng.

Ikkinchi bo‘lib 4,7 mln km olislikda uchib o‘tadigan 2024 TP17 asteroidining diametri — 52 metr.

Yerga yaqinlashadigan so‘nggi ikki asteroid — 2002 NV16 hamda 2024 TR6 orasidagi farq to‘rt daqiqani tashkil qiladi.

2002 NV16 — to‘rtlikdagi eng yirik, diametri 177 metrga teng obyekt, Yerga 4,5 mln kilometrgacha yaqinlashadi.

Eng so‘nggi 2024 TR6 asteroidi 46 metr kattalikda bo‘lib, uchib o‘tish masofasi — Yergacha 5,6 mln km.

Yuqoridagi obyektlar potensial xavfli deya baholanishiga sabab ularning Quyosh atrofidagi orbitasi Yerdan hisoblaganda 48 mln kilometr doirasida ekanligidir. Shunga qaramasdan asteroidlarning sayyoramiz bilan yaqin kelajakda to‘qnashish ehtimoli deyarli mavjud emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring