Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Toshkentda Shohjahon Ergashev ishtirokida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi

Bugun Toshkentda Shohjahon Ergashev ishtirokida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi

Foto: «Uzreport.news»

Bugun poytaxtimizdagi «Yunusobod sport kompleksi»da katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. An’anaga muvofiq, boks oqshomi oldidan ushbu kecha ishtirokchilarining vazn o‘lchash marosimi va matbuot anjumani o‘tkazildi.

Xabaringiz bor, kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoga qarshi ringga chiqadi. «Tashkent city»da o‘tgan marosimga kechada ishtirok etadigan barcha bokschilar, katta sport jamoatchiligi vakillari va OAV xodimlari tashrif buyurishdi.

Kutilganidek, bokschilar belgilangan talabni bajarishdi. Shundan so‘ng Shohjahon Ergashev ishtirokida o‘ziga xos mahorat saboqlari tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, bugun boks oqshomining markaziy jangidan tashqari anderkard bahslarida Ulug‘bek Haqberdiyev, Jamshid Najmiddinov kabi yana 6 nafar taniqli bokschilar reyting janglarini o‘tkazishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring