Bugun Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-12° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-12° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter