Butunjahon hojatxonalar tashkiloti rahbari O‘zbekistondagi sanitariya infratuzilmasini yuqori baholadi

Butunjahon hojatxonalar tashkilotining (World Toilet Organization) asoschisi va direktori Jek Sim O‘zbekistonga tashrif bilan keldi.
Tashrifning maqsadi sanitariya infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashish, gigiyena me’yorlarini ommalashtirish hamda suv ta’minoti va sanitariya sohasida xalqaro tajriba almashishdan iborat.
Tashrif doirasida, ayniqsa, sayyohlar gavjum joylar va ta’lim muassasalarida jamoat hojatxonalarini loyihalashtirish va saqlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi. Jek Sim sanitariya infratuzilmasi nafaqat funksional, balki aholining barcha guruhlari, jumladan ayollar, bolalar, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay, xavfsiz va inklyuziv bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Delegatsiya a’zolari Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida YuNESKOning Butunjahon merosi ob’yektlari, sayyohlik maskanlari va sayyohlar to‘planadigan joylarga tashrif buyurib, turistik hududlarning sanitariya holatini tekshiruvdan o‘tkazdilar. Uchrashuvlar davomida sanitariya infratuzilmasini takomillashtirish, jumladan ekologik va energiya tejamkor yechimlarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tashrif yakunida Jek Sim O‘zbekistonning sanitariya sohasida barqaror rivojlanishga erishish uchun katta imkoniyatlarga ega ekanligiga ishonch bildirdi va Jahon hojatxona tashkilotining qo‘shma dasturlarni amalga oshirishda uzoq muddatli hamkorlikka tayyorligini ta’kidladi. Shuningdek, Jek Sim 2026 yilda Butunjahon hojatxonalar tashkiloti sammitini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter