Buxoroda 23 yoshli yigit yetmish kishining bank kartasini «quritdi»
Joriy yilning 12-yanvaridan 26-martiga qadar Buxoro shahrida noma’lum shaxs tomonidan 70 kishining bank kartasidan mablag‘lar o‘g‘irlab kelingani aniqlandi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, Buxoro shahrining Alpomish ko‘chasida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan X.O. ismli shaxs 70 nafar fuqaroning plastik kartalaridan jami 295 mln 17 ming so‘m pulni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan ish ochilgan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning viloyat hamda respublikaning boshqa hududlarida sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor texnik, surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter