Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 2,5 oyda yangi quduq burg‘ulanib, gaz va kondensat olindi

Buxoroda 2,5 oyda yangi quduq burg‘ulanib, gaz va kondensat olindi

«O‘zbekneftgaz» AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Buxorodagi «Somontepa» konidagi 127-quduqda burg‘ulash ishlari yakunlandi.

Ushbu quduqda burg‘ulash ishlari 2019 yilning 16 dekabr oyida boshlangan edi. Yer qatlamining 2348-2475 metr intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari amalga oshirildi.

Burg‘ulash ishlari joriy yilning 1 martida tugatildi va 10 martdan esa quduq ishga tushirildi.

Natijada quduqdan kunlik 96 800 kub metr sanoat miqyosida foydalaniladigan tabiiy gaz va 0.58 tonna kondensat qazib olishga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, «Somontepa» koni Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan bo‘lib, 2006 yilda ishga tushirilgan. Hozirgi kunda kondagi 43 ta quduqdan gaz va kondesant mahsulotlari qazib chiqarilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring